Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq umumiy ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy boshqarishni amalga oshirish.
O‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini, shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish.
Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quvchilarning ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanish darajasini yanada oshirish.