18-noyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar — To‘lqin Hayit, Safar Olloyor va Oydinniso Yo‘ldasheva Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti vakillari bilan birgalikda Payariq tumanidagi 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi buyurdi.
Uchrashuv davomida ijodkorlar o‘quvchilarga o‘z hayoti, ijodiy faoliyati va adabiyotning inson kamolotidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berishdi. Tadbir iliq, samimiy va ma’naviy ruhda o‘tib, yoshlar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.
O‘quvchilar ham o‘z navbatida mehmon ijodkorlarga o‘zlari yozgan yoki yod olgan she’rlarini ijro etib, o‘z iste’dodlarini namoyish qildilar. Uchrashuv yakunida faol qatnashgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari va kitoblar topshirildi.