Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

“Kelajak soati”

🔵 Yangilik 17 noy 2025

Payariq tumaniga qarashli 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy yilning 17-noyabr kuni 10- "B" sinf o‘quvchilari bilan "O‘zbekiston bayrog‘i" mavzusida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.

Dars davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari, xususan bayroqning yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning ma’nosi batafsil tushuntirildi.

 Bayroq – Vatanimizning sha’ni, g‘ururi va mustaqilligimiz ramzi ekanligi, uni hurmat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani ta’kidlab o‘tildi.

O‘quvchilar mavzu doirasida mustaqil fikrlar bildirib, bayroqqa bo‘lgan hurmat va sadoqatni ifodalovchi fikr-mulohazalarini baham ko‘rdilar.

 Dars yakunida o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarbiyaviy suhbat o‘tkazildi.