Bugun tuman hokimining o‘rinbosari F. Omonov tumandagi barcha umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Bugun tuman hokimining o‘rinbosari F. Omonov tumandagi barcha umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda 2025-yilda o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha ayrim maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining hisobotlari tinglandi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Kunlik o‘quvchilar davomatini yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlari ham ko‘rib chiqilib, mazkur yo‘nalishda intizomni kuchaytirish, mas’uliyatni oshirish hamda profilaktik ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida o‘quvchi yoshlarning tarbiyasi, xavfsizligi va ma’naviy kamolotini ta’minlash borasida barcha maktablar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.







