Payariq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 6-umumiy o'rta ta'lim maktabida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan huquq fani o‘qituvchisi Mingboyeva Matluba va maktab o'quvchilari tomonidan “Konstitutsiya- baxtimiz qomusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.




