Payariq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limiga qarashli 68-umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. O'quv seminar davomida maktab direktori va xodimlari ham so‘zga chiqib, Murojaatnomada belgilangan vazifalarning sohadagi ahamiyati, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.




