Samarqand viloyati Payariq tumani 84-umumtaʼlim maktabida “Soliq bilimlari — yosh avlodga” tanlovi doirasida 5–7-sinflar o‘quvchilari o‘rtasida rasm chizish tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlov o‘quvchilarda soliq madaniyatini shakllantirish, ularning iqtisodiy-huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, tasviriy sanʼatga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar belgilangan mavzu asosida ijodiy rasm ishlari tayyorlab, o‘z bilim va tasavvurlarini badiiy ifoda orqali namoyon etdilar. Rasm ishlari mazmuni, mavzuni ochib berish darajasi, ijodiy yondashuv va badiiy ijro sifati mezonlari asosida baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yaxshi ishlar saralab olinib, g‘oliblar munosib ravishda taqdirlandi. Ushbu tanlov o‘quvchilarda qonunlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati hamda estetik didni yuksaltirishga xizmat qildi.


