Payariq hamda Ishtixon tumanlari IT markazining o‘qituvchi va o‘quvchilaridan tashkil topgan Yosh dasturchi jamoasi, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Milliy AI hackathon tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etdi.
Mazkur tanlovda “Tadbirkorlikni sun’iy intellekt orqali rivojlantirish” yo‘nalishidagi loyihasi bilan 1-o‘rinni egalladi hamda Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

