Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tashabbusi bilan o'tkazilayotgan vazir kubogi musobaqasining Payariq tumani bosqichi yuqori saviyada bo'lib o'tdi.
Bellashuvlarning asosiy maqsadi — o‘quvchi qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, futbolga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlashdan iborat.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoalar musobaqaning viloyat bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Natijalar:
81-maktab — 1-o‘rin
5-maktab — 2-o‘rin
35-maktab — 3-o‘rin
G‘olib jamoalarni taqdirlash marosimida Payariq tumani hokimi o'rinbosari E.Mamadiyorov va Payariq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bolimi boshlig'i O'.Xo'jamqulovlar ishtirok etdi.


