2026-yil 19-fevral 11- umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktabning sobiq bitiruvchisi,Toshkent davlat iqtisodiyot va texnologiyalar universitetir rektori Mavlonov Shavkat Murtazayevich ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarga motivatsiya berish, ularni katta marralarga ilhomlantirish hamda turli sohalarda muvaffaqiyat qozongan insonlarning hayotiy tajribasi bilan tanishtirish edi.Uchrashuv davomida mehmon o‘z hayot yo‘lda, erishgan yutuqlari hamda duch kelgan qiyinchiliklari haqida samimiy suhbatlashdi. Ayniqsa, ular muvaffaqiyat ortida tinimsiz mehnat, sabr-toqat va aniq maqsad turishini alohida ta’kidladilar. O‘quvchilar esa faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.Kasb tanlash, maqsad qo‘yish, muvaffaqiyat sirlarini o‘rganish kabi savollar ayniqsa ko‘p bo‘ldi. Mehmon har bir savolga samimiy javob berib, o‘z tavsiyalarini ulashdi. Bu esa o‘quvchilarning kelajakka bo‘lgan qiziqishi va ishonchini yanada oshirdi.Uchrashuv so’ngida o‘z fikrini erkin ifodalay olgan 8-sinf o’quvchisi Davirova Hilola 100 AQSH dollor bilan mukofotlandi.
Shuningdek, tadbir davomida motivatsion fikrlar, hayotiy maslahatlar va real voqealar keltirildi. Bu hikoyalar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek universitet rektori o’quvchilar o’rtasida “Maqsadga erishishning yagona yo‘li bu- kitob” tadbiri tashkil etishini aytib o’tdi. Ushbu tadbir shu yilning 15-may kuniga belgilandi. Tadbir g’oliblari estalik sovg’alari bilan taqdirlanishi ham aytildi. Shuningdek har yili maktab bitiruvchilari uchun eng yuqori ball bilan Oliy ta’limga kirgan o’quvchilarga 500 AQSh dollor miqdorida bir martalik “Murtoza bobo” stipendiyasini joriy etishini aytib o‘tdi. Ko‘pchilik yoshlar o‘z oldiga yangi maqsadlar qo‘yish, bilim olishga yanada jiddiyroq yondashish kerakligini tushunib yetdi.Bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi hamda kelajak kasbini ongli tanlashga yordam beradi. Bundan tashqari, taniqli insonlarning hayotiy yo‘li yoshlar uchun haqiqiy namuna bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham maktablarda ana shunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish katta ahamiyatga ega.
Bir so‘z bilan aytganda bu uchrashuv o‘quvchilar uchun unutilmas voqea bo‘ldi. Tadbir ularga yangi bilim, motivatsiya va kelajakka nisbatan ishonch bag‘ishladi. Kelgusida ham shunday ma’rifiy va motivatsion uchrashuvlar ko‘proq tashkil etilishi barchamiz uchun foydali bo‘ladi.



