Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Payariq tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida joriy yilning 26-fevral kuni “Shaxmat festivali” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rinni 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;

2-o‘rinni 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;

3-o‘rinni 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari qo‘lga kiritdi.

Qiz bolalar o‘rtasidagi natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;

2-o‘rinni 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;

3-o‘rinni 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari egalladi.

G‘oliblar Payariq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining I, II va III darajali diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.