Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

“Bola, o‘yin va pedagog”

🔵 Yangilik 04 mar 2026

Joriy yilning 4-mart kuni Payariq tumanidagi 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini pedagoglarga yetkazish hamda bolalarni o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim asosida milliy g‘urur va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida “Bola, o‘yin va pedagog” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan eng tajribali pedagoglar ishtirok etishdi.