"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanloviga start berildi!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining birinchi — Payariq tumani bosqichi boshlandi. Unda bo'lim boshlig'i va tuman Hokimining o'rinbosari Elyor Mamadiyorov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Mazkur tanlovda eng yaxshi natijani qayd etgan jamoa viloyat bosqichida hudud birinchiligi uchun bellashishadi.
Eslatib o'tamiz: tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar:
1-o‘rin uchun – 100 mln so‘m;
2-o‘rin uchun – 75 mln so‘m;
3-o‘rin uchun – 50 mln so‘m miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritadilar.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!



