Payariq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bo'limda faoliyat yuritayotgan ayollarga alohida ehtirom va e’tibor ko‘rsatildi. Ularga bayram tabriklari yo‘llanib, samimiy tilaklar bildirildi.
Shuningdek, faxriy xodimlar ham so‘zga chiqib, ayollarning jamiyatdagi o‘rni hamda ta’lim tizimi rivojidagi hissasi haqida iliq fikrlar bildirdilar. Ularning mehnati, sadoqati va fidoyiligi alohida e’tirof etildi.
Tadbir yakunida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Payariq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi axborot xizmati.



