Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bu yilgi Navro‘z bayrami 80-maktabda ko‘tarinki ruhda keng nishonlandi.

Tadbir davomida o‘qituvchi va yoshlar o‘rtasida milliy an’analarimizni aks ettiruvchi turli xil milliy taomlar tayyorlandi. Bu esa bahor faslining kirib kelganini yana bir bor namoyon etdi. Shuningdek, bayram davomida kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar ijro etilib, o‘quvchilarga quvonchli lahzalar ulashildi. Tadbir barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishlab, unutilmas taassurotlar qoldirdi.