Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimlari J.Eshmurodov, S.Kamolovlar tomonidan tumandagi barcha umumta'lim maktab direktorlari hamda ularning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosarlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktab ta’limi tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 295-sonli Qarorining mazmun-mohiyati bo'yicha to'liq tushunchalar berishdi. Seminar davomida maktab ta'limida ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari, davlat xizmatlarining afzalliklari hamda davlat xizmatlarini ko'rsatishdagi eng ko'p yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar xususida ham to'xtalib o'tishdi.


