Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Payariq tumanidagi 80-maktabda o‘quvchi yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda maktab masʼullari ishtirok etib, yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida yoshlarning sport va ta’lim sohasidagi erishgan yutuqlari alohida e’tirof etilib, ularning kelgusidagi maqsadlari qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, yoshlarga bilim olish, intizom va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida muhim tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni yanada katta marralar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.





