Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

“Milliy liboslar kuni munosabati”

🔵 Yangilik 03 apr 2026

Payariq tumaniga qarashli 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy yilning 3-aprel, juma  – “Milliy liboslar kuni munosabati” bilan milliyligimiz keng targ‘ib qilindi. Ushbu kunda maktab o‘quvchilari va ustozlari milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniyati, urf-odat va an’analariga bo‘lgan hurmatini namoyon etdilar.  Milliy liboslar orqali ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlar, o‘ziga xoslik va nafis did yuksak darajada aks ettirildi. Bunday tashabbuslar yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash bilan birga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga undaydi.