Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

“Zakovat”

🔵 Yangilik 09 apr 2026

9-aprel buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng nishonlanmoqda. Ushbu sana doirasida Payariq tumani MMTBga qarashli 79-umumta’lim maktabida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tarix fani o‘qituvchilari boshchiligida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu bellashuv o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish hamda ularda ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida o‘quvchilar nafaqat o‘z bilimlarini namoyon etdilar, balki jamoaviy hamkorlik, tezkor fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham sinovdan o‘tkazdilar. Ayniqsa, Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid savollar bellashuvga alohida ruh bag‘ishladi.