Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Payariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi Boliyeva Gulnora tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan 8-“A” va 8-“B”hamda 6-"D" sinf o‘quvchilari o‘rtasida qiziqarli bellashuv tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar Amir Temurning hayoti, faoliyati hamda buyuk tarixiy merosi haqida bilimlarini namoyon etdilar. Bahs va savol-javoblarga boy o‘tgan tadbir yakunida 8-“A” va 6-"D"sinf o‘quvchilari 1-o‘rinni, 8-“B” sinf o‘quvchilari esa 2-o‘rinni egalladilar. Tadbir o‘quvchilarda tarixga bo‘lgan qiziqishni oshirish, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.