Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

"Zakovat”

🔵 Yangilik 16 apr 2026

Payariq tuman MMTBga qarashli umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari o‘rtasida tumandagi "Dexqonobod“ bazmgohida "Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. O‘yin davomida ishtirokchilarga turli yo‘nalishlar bo‘yicha savollar berilib, ularning bilim darajasi va tezkor fikrlash qobiliyati sinovdan o‘tkazildi Tadbir yakunida eng yuqori natija qayd etgan jamoalar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi. Mazkur intellektual o‘yin yoshlar o‘rtasida bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Zakovat intellektual oʼyini yakuni boʼyicha 68-maktab, 6-maktab va 21-maktab jamoalari intellektual o'yinning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.