Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

"Ochiq eshiklar"

🟢 E’lon 24 apr 2026

Joriy yilning 24-aprel  kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Payariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;

Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;

Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va Yosh akademiklar toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;

Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.

Ushbu munosabat bilan Payariq tumanidagi barcha umumta’lim maktablarining 4-6-sinf bitiruvchilari ularning ustozlari va ota-onalarini taklif etamiz.

 24-aprel

Soat 09:30 dan 15:00 gacha

Aziz oʻquvchilar, keling maktabimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan siz ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!