Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

“INFOTEACH – 2026”

🔵 Yangilik 13 may 2026

“INFOTEACH – 2026” doirasida Samarqandda 450 ga yaqin informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi
Samarqand shahrida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun “INFOTEACH – 2026” respublika forumi tashkil etildi.
Forumda tajribali mentorlar tomonidan:

Informatika darslarida zamonaviy raqamli platformalardan foydalanish;
Zamonaviy dasturlash muhitlari va Python asoslari;
 Kiberxavfsizlik va raqamli mas’uliyat;
Loyiha asosida o‘qitish (PBL) metodikasi kabi mavzularda amaliy treninglar boʻlib oʻtdi.

Qolaversa, forum davomida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.
Maʼlumot uchun, “INFOTEACH – 2026” respublika forumi hozirgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida tashkil etildi.