Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

“Yilning eng faol maxsus pedagogi”

🔵 Yangilik 13 may 2026

“Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining Payariq tuman bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 24-apreldagi 157-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyati Payariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi inklyuziv ta’lim joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglar o‘rtasida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” kasbiy ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, tumandagi 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabi maxsus pedagogi Ruziqulova Shukurona faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tanlov g‘oliblari hamda korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.