Payariq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i O'.Xo'jamqulov tumandagi 37-umumta’lim maktabida ota-onalar yig‘ilishi o'tkazdi.
Yig‘ilishda maktabninig rahbar xodimlari va ota onalar ishtirok etdilar.
Unda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini yuqori saviyada, tartibli va xavfsiz tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida ota-onalarga farzandlar tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda yoshlarni turli salbiy holatlardan asrash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Maktab ma’muriyati tomonidan ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.



