Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Germaniyaning Gyote instituti hamkorligida tashkil etilgan “InfoCheck Central Asia” xalqaro xakatonida Samarqandlik o'quvchi munosib ishtirok etdi
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Payariq tumanidagi 102-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10- sinf o‘quvchisi Xurshid Yangiboyev xalqaro xakatonning 3-o‘rin g‘olibi bo‘ldi.
Mazkur nufuzli tanlovda Markaziy Osiyoning turli hududlaridan kelgan iste’dodli o‘quvchilar axborot texnologiyalari, media savodxonlik va tanqidiy fikrlash yo‘nalishlarida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Xurshidjonni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz va kelgusi o‘qishlarida omadlar tilaymiz!

