Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Tumanning eng iqtidorli bitiruvchilari munosib taqdirlandi!
Payariq tumanida 2025-2026-o'quv yilida umumta'lim maktablarini a'lo baholarga tamomlagan, namunali xulqi, jamoat ishlaridagi faolligi hamda fan olimpiadalarida erishgan yuksak natijalari bilan tengdoshlari orasida munosib o‘rin egallagan bitiruvchilarni oltin va kumush medallar bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar medal sohiblari va ularning ota-onalarini ushbu quvonchli yutuq bilan samimiy muborakbod etib, bu muvaffaqiyat ortida o‘quvchilarning tinimsiz mehnati, ustozlarning fidokorona sa’y-harakatlari hamda ota-onalarning doimiy qo‘llab-quvvatlashi mujassam ekanini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, bitiruvchilarga kelgusi ta’lim bosqichlarida ham ulkan zafarlar, Vatan ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilish va ezgu orzu-maqsadlariga erishish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.