“Inklyuziv ta’limni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari o‘z yakuniga yetdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida “Yilning eng yaxshi maxsus pedagogi” tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan 14 ta hudud vakillari taqdirlandi.
Shuningdek, seminar qatnashchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, jarayonlar doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev seminar ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar va yangi g‘oyalar muhokama qilindi.
Yangiliklar
Payariq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
🔵 Yangilik
09 avg 2026