Alisher Navoiy MFY Samarqand ko'chasi 48 uy +998 (66) 425 18 13
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Kasbining fidoyilari e'tirof etildi.
Payariq tumani hokimligida "Mahoratli o‘qituvchi - millat tayanchi" shiori ostida beshinchi ustozlar milliy forumi bo'lib o'tdi.
Mazkur forumda tuman hokimi Sh.Xudayberdiyev so‘zga chiqib, kasbiga sadoqatli, ta’lim sohasida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilarni tabrikladi. Mahoratli o‘qituvchi — nafaqat bilim beruvchi, balki jamiyatni taraqqiyot sari yetaklovchi, millatning tayanchi va yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lboshchisidir dedi tuman rahbari.Shuningdek, ta’lim sifati, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, zamonaviy metodlarni keng joriy etish masalalari ham muhokama qilindi. Tadbir yakunida kasbiga sadoqati,innovatsion yondashuvi bilan ajralib turadigan, ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan faol ustozlar tuman hokimi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.